add

«Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Bugun 10:03271

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashda faollik ko‘rsatgan fuqarolar, birinchi navbatda, yoshlar har yili maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

«Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

O‘zbekiston hukumat qarori bilan «Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Mazkur mukofot giyohvandlikka va narkotik moddalar tarqalishiga qarshi kurashda alohida faollik ko‘rsatgan fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan. Nishon, avvalo, bunday ishlarda tashabbuskor va fidoyilik namoyon etgan yoshlarga beriladi.

Nomzodlar ro‘yxati Prezident administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligiga har yili 1-mayga qadar taqdim etiladi. Mukofot, qoidaga ko‘ra, 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni arafasida o‘tkaziladigan tantanali marosimda topshiriladi.

Bir shaxs ushbu ko‘krak nishoni bilan faqat bir marta mukofotlanishi mumkin. Nishon davlat mukofotlaridan keyin, ko‘krakning chap tomonida taqiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda giyohvandlikka oid jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilganligi haqida xabar bergan edik. Yangi tartibga ko‘ra, ayrim jinoyatlar uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanadi.

Teglar

Mavzuga oid

«Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi | Vaqt.uz