Octobank ishonchli va moliyaviy barqaror bank sifatidagi mavqeini yanada mustahkamladi
2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan baholash natijalariga ko‘ra, Octobankning kredit reytingi «Barqaror» prognozi bilan «uzA++» darajasiga oshirildi.

«Ahbor-Reyting» agentligi tomonidan taqdim etilgan ushbu reyting Octobankning yuqori kreditga layoqatliligi va moliyaviy barqarorligini tasdiqlaydi, shuningdek, bankning moliya bozoridagi mavqei izchil mustahkamlanib borayotganini aks ettiradi.
Bank kredit reytingining so‘nggi yillardagi barqaror o‘sish dinamikasi alohida ahamiyatga ega. Octobank reytingi «uzA» darajasidan «uzA+»ga, 2025-yil yakunlari bo‘yicha esa «uzA++» darajasiga ko‘tarildi.
Reytingning oshirilishi bankning izchil rivojlanishi, asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarining mustahkamlanishi va risklarni samarali boshqarish yondashuvini aks ettiradi. Bularning barchasi mijozlar, hamkorlar va investorlar ishonchining yanada ortishiga xizmat qiladi.
Octobank moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish va zamonaviy moliyaviy yechimlarni rivojlantirish orqali mijozlarga ishonchlilik, barqarorlik va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta’minlashda davom etadi.
Batafsil: Octobank rasmiy saytida.





