
Octobankʼda biznes uchun bank xizmatlari — endi xalqaro pul o‘tkazmalari yanada foydaliroq
Octobankʼda xalqaro pul o‘tkazmalari yanada arzonlashdi, valuta konvertatsiyasi esa — foydaliroq bo‘ldi. Bank korporativ mijozlar uchun xorijiy valyutadagi asosiy operatsiyalar bo‘yicha tariflarni pasaytirmoqda.

Bu choralar biznesga xorijiy hamkorlar bilan hisob-kitoblarda tejash imkonini beradi.
«Biznes uchun har bir operatsiyada tezlik, ishonchlilik va tejamkorlik muhim. Octobankʼda biz xalqaro pul o‘tkazmalari va valuta operatsiyalarini biznes uchun maksimal darajada foydali qilmoqdamiz. Tariflarni pasaytirish — bu biz uchun xorijda eksport, import va hamkorlikni rivojlantiruvchi kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashning bir usuli», — deya ta’kidladi Octobank matbuot xizmati.
Tariflardagi asosiy o‘zgarishlar:
Chet elga xorijiy valyutada amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari uchun komissiya endi valuta turiga qarab summaning 0,1–0,15 foizi miqdorida belgilanadi. Bu tariflar qisman xarajatli (SHA) hamda benefitsiar uchun xarajatsiz (OUR) o‘tkazmalar uchun qo‘llanadi.
«OUR» va «SHA» opsiyalari bo‘yicha bank-korrespondent xarajatlarini qoplash komissiyasi —BHMning 2 barobari miqdorida (QQS bilan);
SWIFT/TELEX-xabarlari — atigi BHMning 0,25 qismi, bu avvalgi tarifdan 4 baravar arzon.
Bu biznes uchun nimaga muhim:
konvertatsiya va xalqaro to‘lovlardagi tejamkorlik bitimlarning rentabelligini oshiradi;
qulay valuta kurslari hamkorlar bilan hisob-kitoblarni yengillashtiradi;
tariflarning pasaytirilishi komissiyalarni yo‘qotmasdan operatsiyalarni tezroq va arzonroq amalga oshirish imkonini beradi.
Pasaytirilgan tariflar 2025 yil 15-noyabrdan kuchga kirdi. Tariflarning yangi tahriri bilan batafsil Octobank saytida tanishishingiz mumkin.
E-mail: info@octobank.uz
Hisob raqamini ochish uchun quyidagi telefon raqamlarga murojaat qiling:
+998 (94) 660 00 37
+998 (94) 660 00 68
+998 (94) 744 00 48
Reklama huquqi asosida.





