add

Okeanlardagi tankerlarda 1 mlrd barrel neft to‘plandi: qariyb yarmi — sanksiyadagi davlatlarniki

Bugun 08:381781

Bloomberg xabariga ko‘ra, avgust oyidan beri jahon okeanlaridagi tankerlarda 1 milliard barrelga yaqin neft yig‘ilib qolgan. Bu holat sanksiyalangan davlatlar hissasi hisobiga yuzaga kelgan.

Okeanlardagi tankerlarda 1 mlrd barrel neft to‘plandi: qariyb yarmi — sanksiyadagi davlatlarniki

Bloomberg nashri Vortexa, Kpler va OilX ma’lumotlariga tayanib, turib qolgan tankerlardagi neftning 20–40 foizi Rossiya, Eron va Venesueladan ekanini ma’lum qildi. Global ishlab chiqarishda bu davlatlar ulushi 17 foizni tashkil etsa-da, ularning nefti nisbatan tezroq to‘planmoqda.

Bu hodisa nafaqat ishlab chiqarish o‘sishi, balki G‘arb sanksiyalarining ta’siri bilan bog‘liq. Sanksiyalar tufayli ko‘plab portlar Rossiya neftini qabul qilmayapti, deb ta’kidlaydi Clarksons Securities tahlilchilari. Natijada, yukni tushirish imkoni yo‘q va tankerlarda yig‘ilish davom etmoqda.

Bundan tashqari, hech qanday sanksiyaga uchramagan neft ham tankerlarda qolib ketmoqda. Saudiya Arabistoni so‘nggi oylarda ishlab chiqarish va eksportni kuchaytirgani bois, uning nefti ham dengizda turib qolmoqda.

Bloomberg manbasi tankerlardagi neft to‘planishi nafaqat geosiyosiy sabablar, balki logistikadagi cheklovlar va bozordagi talab-taklif muvozanatiga bog‘liq ekanini ham qayd etdi. Bu esa global energetika bozoriga tahdid solishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Okeanlardagi tankerlarda 1 mlrd barrel neft to‘plandi: qariyb yarmi — sanksiyadagi davlatlarniki | Vaqt.uz