
Oliy ta’lim: Bolonya jarayoni
Kecha 19:581441 daqiqa
«Ta’lim vaqti»ning bu sonida Bolonya jarayonining mohiyati, uning talabalar uchun ochayotgan yangi eshiklari, universitetlar faoliyatidagi tub o‘zgarishlar, jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, akademik mobililik va xalqaro tan olinishing bugungi kundagi strategik ahamiyati, shuningdek, ushbu jarayon oliy ta’lim tizimi tomonidan qay darajada samarali joriy etilayotganligi haqida ochiq, xolis va tahliliy mulohaza qilinadi.
Bugun O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi tarixiy burilish ostonasida turibdi. Yangi imkoniyatlar, yangi standartlar va global raqobat maydoniga olib chiqayotgan jarayonlar ortida qanday islohotlar, qanday maqsadlar yotibdi? Evropaning ilg‘or ta’lim tajribasi mamlakatimizda qanday joriy etilmoqda? Eng muhimi, Bolonya jarayoni O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida qay darajada va qay tarzda amalda joriy etilmoqda? Bu o‘zgarishlar kelajak uchun nimani va’da qilmoqda?
Vaqt.uz da O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan yagona podkast — «Ta’lim Vaqti» navbatdagi sonida ilk bor «O‘zbekiston’da Bolonya jarayoni» mavzusini keng va chuqur yoritib beradi.





