add

«Olmaota – Toshkent» poyezdi dekabrdan har kuni qatnaydi

Bugun 13:551921

14-dekabrdan boshlab «Olmaota – Toshkent» yo‘nalishidagi «Talgo» poyezdi har kunlik harakat jadvaliga o‘tadi.

«Olmaota – Toshkent» poyezdi dekabrdan har kuni qatnaydi

Qozog‘iston temiryo‘l kompaniyasi 14-dekabrdan «Olmaota – Toshkent» xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha «Talgo» turdagi tezyurar poyezdi har kunlik qatnov rejimiga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Yangi jadval har kuni o‘rtacha 400 nafar yo‘lovchini tashish imkonini yaratadi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, poyezdlar zamonaviy xizmat sifati va harakat barqarorligi bilan farq qiladi. Kunlik qatnovlar yo‘lovchilar uchun sayohatlarni oldindan rejalashtirishni ancha osonlashtiradi.

«Loyihaning asosiy maqsadi — Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash, ikki davlat o‘rtasidagi ishbilarmonlik va madaniy munosabatlarni yanada rivojlantirish hamda mintaqaviy sayyohlik salohiyatini oshirishdir», deyiladi kompaniya xabarida.

Teglar

Mavzuga oid

«Olmaota – Toshkent» poyezdi dekabrdan har kuni qatnaydi | Vaqt.uz