Logo

«Open bank» yagona aksiyadorga o‘tdi

Bugun 19:171 daqiqa

Future Open Technologies MCHJ «Open bank»dagi ulushini 85 foizdan 100 foizga yetkazdi. Yil boshida «Agrobank» «Open bank» aksiyalarini sotib olish bo‘yicha qaror qabul qilgandi.

«Open bank» yagona aksiyadorga o‘tdi

O‘zbekistondagi xususiy banklardan biri «Open bank»ning 100 foiz ulushi Future Open Technologies MCHJ tarkibiga o‘tkazildi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.

25-iyun kuni e’lon qilingan axborotga ko‘ra, Future Open Technologies bankning ustav kapitalidagi 500 mlrd so‘mlik barcha ulushni o‘ziga rasmiylashtirgan.

Bungacha kompaniyaning «Open bank»dagi ulushi 85 foizdan oshiq edi. Qolgan ulushlarga Zafar Adilov (4,9 foiz) va Komilxo‘ja Sultonov (10 foiz) egalik qilardi.

«Open bank» Markaziy bankdan bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani 2022 yilda «Smart bank» nomi ostida olgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bank o‘shanda «Agrobank»ka tegishli kompaniya qoshida tashkil qilingan.

2025 yil boshida Future Open Technologies «Smart bank»ning 451 mlrd so‘mlik 90,2 foiz ulushini xarid qilgan edi. Shundan so‘ng, rebrending qilindi va bank nomi «Open bank» deb o‘zgartirildi.

Ma’lumot uchun, yil boshida «Agrobank» aksiyadorlari «Open bank»ni sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Bank aksiyalarini sotib olish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ning ijrosini ta’minlash «Agrobank» Boshqaruvi zimmasiga yuklatilgan.

Teglar

Mavzuga oid