add

OpenAI kompaniyasi 1 trln dollar qiymatda IPO qilishni rejalashtiryapti

30.10.2025 | 14:254632

OpenAI kompaniyasi o‘z tarkibiy tuzilmasini o‘zgartirib, aksiyalarini ommaviy savdoga chiqarish haqida rejalar tuzmoqda. Agar bu amalga oshadigan bo‘lsa, bu tarixdagi eng yirik IPO bo‘lishi kutilyapti.

OpenAI kompaniyasi 1 trln dollar qiymatda IPO qilishni rejalashtiryapti

Reuters'ning ayrim manbalari xabariga ko‘ra, OpenAI 2026 yilning ikkinchi yarmidayoq qimmatli qog‘ozlar nazorat qiluvchi organlarga ariza topshirishni rejalashtirmoqda.

Dastlabki muzokaralarda kompaniya kamida 60 milliard dollar, ehtimol undan ham ko‘proq mablag‘ jalb qilishni ko‘rib chiqqan. Biroq, manbalarning ta’kidlashicha, muzokaralar hali boshlang‘ich bosqichda bo‘lib, rejalar, jumladan, raqamlar va muddatlar biznesning o‘sishi hamda bozor sharoitlariga qarab o‘zgarishi mumkin.

OpenAI bosh moliya direktori Sara Friar ba’zi hamkorlarga kompaniya 2027 yilda birjada listingga chiqmoqchiligini aytgan. Ammo ba’zi manbalar bu yanada ertaroq, taxminan 2026-yil oxirida sodir bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

IPO tayyorgarligi ChatGPT mualliflari uchun dunyo bo‘ylab kengayish rejasining yangi bosqichi ekanligini ko‘rsatmoqda, chunki Microsoft'ga bog‘liqlikni kamaytiradigan kompaniya shaklini qayta tashkil etish jarayoni yakunlangan va ivestitsiyalar jalb qilish uchun yangi imkoniyatlar ochilgan. IPOning o‘tkazilishi kapitalni yanada samaraliroq jalb qilish imkonini beradi va davlat aksiyalaridan foydalanib, yirikroq xaridlarni amalga oshirishga yo‘l ochadi. Bu esa bosh direktor Sem Altmanning sun’iy intellekt infratuzilmasiga trillionlab dollar sarflash rejalarini moliyalashtirishga yordam beradi.

Yil oxiriga kelib yillik daromad ko‘rsatkichining taxminan 20 milliard dollarga yetishi kutilayotgan bir paytda, 500 milliard dollarlik kompaniya ichida zararlar ham ortib bormoqda.

Seshanba kungi jonli efirda Altman kompaniyani ommaviy aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish imkoniyati haqida fikr bildirdi.

«Bizning kapital ehtiyojlarimizni hisobga olgan holda, bu biz uchun eng ehtimoliy yo‘l, deb aytish o‘rinli bo‘ladi», deya ta’kidladi u.

OpenAI 2015 yilda notijoriy jamg‘arma shaklida faoliyatini boshlagan edi. Dastlabki yillarda Ilon Mask ham kompaniya asoschilaridan biri bo‘lgan, biroq Sem Altman bilan kelishmovchilik sababli jamg‘armadan chiqib ketgan. Hozirgi davrga kelib Ilon Mask OpenAI asoschilarini jamg‘armani notijorat ilmiy muassasa sifatida rivojlantirish o‘rniga tijoriy yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatadigan yopiq tashkilotga aylantirilgani sababli sudga bergan.

Teglar

Mavzuga oid

OpenAI kompaniyasi 1 trln dollar qiymatda IPO qilishni rejalashtiryapti | Vaqt.uz