
O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga qo‘shilish muzokaralarini yakunladi
Bugun 21:175561
Azizbek Urunovga ko‘ra, endi tashkilotga a’zo bo‘lish yo‘lida yana ikki davlat bilan muzokaralarni yakunlash qoldi.

O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.
Endi tashkilotga a’zo bo‘lish yo‘lida yana ikki davlat bilan muzokaralarni yakunlash qoldi.
«Ekvador tomoniga konstruktiv muloqot va qo‘llab-quvvatlash uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Biz bu jarayonga to‘liq ishonamiz va birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan faxrlanamiz. Ishlar davom etmoqda — oldinda JSTning yana ikkita a’zosi turibdi», - deb yozdi u LinkedIn’da.





