O‘zbekiston «FIFA Series» g‘olibi bo‘ldi

Kecha 21:411 daqiqa

O‘zbekiston terma jamoasi Venesuela ustidan penaltilarda g‘alaba qozonib, «FIFA Series» musobaqasida chempion bo‘ldi.

O‘zbekiston «FIFA Series» g‘olibi bo‘ldi © Foto: ufa.uz

O‘zbekiston milliy terma jamoasi «FIFA Series» musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda chempionlikka erishdi. Final uchrashuvida jamoa Venesuela terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinning asosiy vaqtida ikki tomon darvozasiga ham gol kiritilmadi va uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

G‘olibni aniqlash uchun penaltilarga murojaat qilindi. Unda O‘zbekiston futbolchilari aniq va ishonchli harakat qildi.

Penaltilar seriyasida O‘zbekiston 5:4 hisobida ustun keldi va xalqaro o‘rtoqlik turniri g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Ushbu musobaqa doirasida O‘zbekiston avval Gabon terma jamoasi ustidan ham 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ushbu uchrashuvda Eldor Shomurodov, Jahongir O‘rozov va Alisher Odilov gollarga mualliflik qilgan.

Teglar

Mavzuga oid