Logo

O‘zbekiston Prezidenti Belarusga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyevni Belarus bBosh vaziri Aleksandr Turchin, tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

O‘zbekiston Prezidenti Belarusga yetib bordi © Foto: president.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Minsk shahriga keldi.

Belarus poytaxtining xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarini Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin, tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 9-iyul kuni oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Teglar

Mavzuga oid