add

O‘zbekiston sun’iy intellekt sohasida «sakrash» qildi

Bugun 09:285331 daqiqa

O‘zbekiston global sun’iy intellekt reytingida ikki yil ichida 25 o‘ringa yuqorilagani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston sun’iy intellekt sohasida «sakrash» qildi

O‘zbekiston sun’iy intellekt sohasidagi tayyorgarlik darajasini aks ettiruvchi AI Readiness Index reytingda barqaror o‘sishni namoyish etdi. Bu haqda «Oxford Insights» xalqaro tahlil markazi e’lon qilgan so‘nggi natijalarda ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilda reytingda 87-o‘rinda bo‘lgan. 2024-yilda mamlakat o‘z pozitsiyasini sezilarli yaxshilab, 70-o‘ringa ko‘tarilgan. 2025-yil natijalariga ko‘ra esa yana 8 pog‘ona yuqorilab, 62-o‘rinni egallagan. Shu tariqa, ikki yil ichida O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorgarlik indeksida jami 25 pog‘onaga yuqorilagan.

overall uzb

AI Readiness Index davlatlarning sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va ulardan amalda foydalanishga qanchalik tayyor ekanini baholaydi. Indeks davlat boshqaruvi samaradorligi, raqamli va texnologik infratuzilma, inson kapitali, ma’lumotlar bilan ishlash siyosati hamda innovatsion muhit kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Teglar

Mavzuga oid