O‘zbekiston to‘rt oyda Xitoyga 46 million dollarlik gaz sotdi
Mamlakat Xitoyga tabiiy gaz yetkazib beruvchi yetakchi beshta davlat qatoridan joy oldi.

O‘zbekiston 2026 yil yanvar-aprel oylarida quvur orqali Xitoyga 46 million dollarlik tabiiy gaz yetkazib berdi va ushbu ko‘rsatkich bilan yetakchi beshta davlat qatoridan joy oldi. Bu haqda Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib «Lenta» xabar berdi.
To‘rt oylik yakunlar bo‘yicha Xitoyning quvur gazi bozorida birinchi o‘rinni Rossiya (3 milliard dollar), ikkinchi o‘rinni esa Turkmaniston (2,59 milliard dollar) egalladi. Shuningdek, kuchli beshlikka Myanma (514 million dollar), Qozog‘iston va O‘zbekiston (184 million dollar) kirdi.
Aynan aprel oyining o‘zida Rossiya Xitoyga quvur gazi yetkazib berishni oylik nisbatda 1,8 foizga oshirib, 703,9 million dollarga yetkazganiga qaramay, Turkmanistonga (708 million dollar) imkoniyatni boy berib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Rossiya quvur gazining umumiy qiymati yanvar-aprel oylarida yillik ifodada 9,5 foizga arzonlashgan.





