add

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirdi

Ushbu «Shovot-Toshhovuz» qo‘shma chegaraoldi savdo zonasida direksiya, bojxona, karantin, fitosanitariya va veterinariya xizmatlarining ma’muriy binolari, savdo paviloni va omborlar joylashgan.

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirdi

Muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov «Shovot-Toshhovuz» qo‘shma chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabar qilinishicha, savdo zonasida direksiya, bojxona, karantin, fitosanitariya va veterinariya xizmatlarining ma’muriy binolari, savdo paviloni va omborlar joylashgan.

Bu yerda «yagona darcha» tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatiladi, interfaol tizimlar, bank, tibbiyot va mehmonxona xizmatlari uchun zarur infratuzilma, shuningdek, katta avtoturargoh ham tashkil etilgan.

Ta’kidlanishicha, zona faoliyati umumiy aholisi 3,5 milliondan ziyod bo‘lgan ikkita muhim hudud – O‘zbekistonning Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyati o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Avvalroq «Shovot-Toshhovuz» chegaraoldi savdo zonasining ishga tushirilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirdi | Vaqt.uz