O‘zbekistonda 6,2 trln so‘mlik rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarildi
2026-yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakatda rezina va plastmassa sanoati 2025-yilning shu davriga nisbatan 25,7 foizga o‘sdi.
© missp2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan qiymati 6,2 trln so‘mlik rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 25,7 foizga oshgan.
1-aprel holatiga O‘zbekistonda 61 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 2,9 mingtasi rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarmoqda.
Hududlar kesimida
Hududlar kesimida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish hajmi:
Bir yillik natija

2025-yilda O‘zbekistonda 21,4 trln so‘mlik rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarilgan edi. Bu ko‘rsatkich ham 2024-yilga nisbatan 20,4 foizga oshgan.
Hududlar kesimida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish hajmi:






