add

O‘zbekistonda 9 oyda 11,1 mln metr kvadrat turar-joylar foydalanishga topshirildi

Kecha 17:251642 Daqiqa

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p yangi uylar Toshkent, Namangan, Buxoro va Andijon viloyatlarida foydalanishga topshirilgan.

O‘zbekistonda 9 oyda 11,1 mln metr kvadrat turar-joylar foydalanishga topshirildi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida jami 11,1 mln kvadrat metr turar-joylar foydalanishga topshirilgan. Bu natija o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 foizga oshgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keldi. U yerda 1 mln 435,2 ming kvadrat metr turar-joy foydalanishga qabul qilingan. Andijon (1 mln 89,3 ming metr kvadrat) va Namangan (1 mln 127,8 ming metr kvadrat) viloyatlari ham yuqori sur’atlarni namoyon qildi. Buxoro viloyatida ham ko‘rsatkich 1 mln 216 ming kvadrat metrga yetdi.

Surxondaryo (983,5 ming metr kvadrat) va Xorazm (984,1 ming metr kvadrat) viloyatlarida ham sezilarli hajmda turar-joylar foydalanishga topshirilgan. Farg‘ona viloyatida ushbu ko‘rsatkich 956,7 ming kvadrat metrni tashkil etdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 669,2 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga berilgan.

Ayrim hududlarda ko‘rsatkich nisbatan past bo‘lgan. Jumladan, Jizzax viloyatida foydalanishga topshirilgan turar-joylar maydoni 434,0 ming kvadrat metrni, Navoiyda 551,1 ming kvadrat metrni, Qashqadaryoda esa 682,6 ming kvadrat metrni tashkil etgan. Sirdaryo viloyati eng past ko‘rsatkichga ega bo‘lib, 90,2 ming kvadrat metr turar-joy foydalanishga topshirilgan. Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 578,3 ming kvadrat metrni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 1-yanvar holatida respublikada kvartiralar soni qariyb 7,6 millionga etib, o‘tgan yilga nisbatan 92,5 mingtaga oshgan. Shuningdek, 2025 yil boshida ko‘p kvartirali uylar soni 46 476 taga yetdi.

Bundan tashqari, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 35,4 trln so‘mlik yakka tartibdagi uy-joy qurish ishlari bajarilgan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda 9 oyda 11,1 mln metr kvadrat turar-joylar foydalanishga topshirildi | Vaqt.uz