O‘zbekistonda Faxriy maqomi joriy etiladi

Bugun 13:251 daqiqa

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, Faxriy maqomiga ega shaxslarga tibbiy, soliq va kommunal imtiyozlar taqdim etiladi.

O‘zbekistonda Faxriy maqomi joriy etiladi © vaqt.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Faxriylar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi. Hujjatda faxriylarning huquqiy maqomi, ularning toifalari va davlat organlarining vakolatlari aniq belgilab berilmoqda.

Ushbu maqom kimlarga beriladi?

Loyihaga ko‘ra, muayyan soha yoki kasbda ko‘p yillar davomida halol va namunali mehnat qilgan, davlat va jamiyat tomonidan e’tirof etilgan shaxslarga faxriy maqomi beriladi. Bu maqom ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Beriladigan imtiyozlar

Ushbu maqomga ega bo‘lgan fuqarolar bir qator huquqlarga ega bo‘ladilar, jumladan:

Sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish muassasalarida bepul davolanish;

Uy-joy-kommunal xizmatlar uchun kompensatsiya to‘lovlarini olish soliq va pensiya imtiyozlari;

Ambulator davolanishda dori-darmonlar bilan imtiyozli ta’minlash;

Madaniy va ko‘ngilochar muassasalar (sport obyektlari, teatrlar, moddiy madaniy meros obyektlari), shuningdek muzeylarning pullik xizmatlaridan imtiyozli foydalanish.

Qonun loyihasida ushbu imtiyoz va kafolatlarni qonunchilik darajasida mustahkamlash ko‘zda tutilgan. Bu esa faxriylarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid