add

O‘zbekistonda «Formula-1» poygalari bosqichini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi

Kecha 22:371552 daqiqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev FIA rahbariyati bilan uchrashib, avtosportni rivojlantirish va kelgusida «Formula-1» bosqichini O‘zbekistonda o‘tkazish istiqbollarini muhokama qildi.

O‘zbekistonda «Formula-1» poygalari bosqichini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi

Bugun, 9-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro avtomobil federatsiyasining (FIA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan ushbu nufuzli tashkilot prezidenti Muhammad bin Sulaym boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

1

Uchrashuvda delegatsiya tarkibida FIA Senati prezidenti Karmelo Sans de Barros hamda mobillik va turizm bo‘yicha vitse-prezidenti Tim Shirman ham ishtirok etdi.

«Avtosportni tartibga soluvchi va yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib qiluvchi ushbu global tashkilot bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mamlakatimizda avtomobil sportining kartingdan tortib, to «Formula» poygalarigacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarini rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi», -deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

3

Qayd etilishicha, uchrashuvda FIA universitetining imkoniyatlaridan foydalangan holda o‘zbekistonlik poygachilar, karting haydovchilari, muhandislar, konstruktor va mexaniklarni tayyorlash, O‘zbekistonda zamonaviy avtosport infratuzilmasini yaratish, piyoda va transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashish hamda mazkur xalqaro tashkilot shafeligida xalqaro musobaqalar, avvalo, «Formula-1» bosqichlarini o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuv yakunida davlat rahbari FIA bilan hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekistonda avtosportni xalqaro standartlarga muvofiq ommalashtirishga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun FIA rahbariga O‘zbekistonning yuksak mukofoti – «Do‘stlik» ordenini topshirgan.

«Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston 2019 yildan buyon federatsiyaning faol a’zosi hisoblanadi. O‘tgan yili Samarqandda FIA 120 yilligiga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tgan edi. Bu yilgi tadbir doirasida 12-dekabr kuni «Humo Arena» majmuasida yuqori martabali xorijiy mehmonlar va chempion poygachilar ishtirokida eng namunali sportchilar va jamoalarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi», - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid