add

O‘zbekistonda hunarmandlar soni 22 ming nafardan oshdi

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p hunarmandlar Toshkent shahri hamda Farg‘ona va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekistonda hunarmandlar soni 22 ming nafardan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2025 yilning 1-oktabr holatida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 22 100 nafarga yetdi.

Hududlar kesimida eng ko‘p hunarmandlar Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan, bu yerda 2 964 nafar hunarmand faoliyat yuritmoqda. Farg‘ona viloyati 2 743 nafar hunarmand bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.

Shuningdek, Samarqand viloyatida 2 179 nafar, Andijon viloyatida 2 058 nafar va Namanganda 2 024 nafar hunarmand faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shu jumladan, Xorazm viloyatida 1 982 nafar, Toshkent viloyatida 1 731 nafar, Buxoroda 1 434 nafar va Qashqadaryo viloyatida 1 427 nafar hunarmand faoliyat yuritmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 981 nafar, Jizzaxda 923 nafar va Surxondaryoda 786 nafar hunarmand ro‘yxatda qayd etilgan.

Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida kuzatilgan — 449 nafar. Navoiy viloyatida esa 419 nafar hunarmand faoliyati rasman qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid