add

O‘zbekistonda OAV va noshirlik sohasi ustidan nazorat boshqa tashkilotga topshirildi

Kecha 07:5810312 daqiqa

O‘zbekistonda OAV, noshirlik va raqamli axborot sohasida monitoring va nazorat vakolatlari RTV huzuridagi inspeksiyaga berildi. Prezident qarori bilan tizim yangilandi.

O‘zbekistonda OAV va noshirlik sohasi ustidan nazorat boshqa tashkilotga topshirildi

«Axborot va raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida» 2025 yil 11-dekabr kunga PQ–371-sonli Prezident qarori imzolandi.

Qarorning asosiy maqsadi — axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va axborot sohalarida qonunchilik xujjatlariga rioya etilishini monitoring qilishda davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda fuqarolar, ayniqsa, yoshlarni noxolis, ishonchsiz va taqiqlangan axborotlardan himoya qilish samaradorligini oshirish belgilangan.

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga bir qator vakolatlar berilmoqda.

Jumladan:

  • Axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazoratini amalga oshirish, jumladan, sun’iy intellekt sohalarida, axborot tizimi va resurslari, ma’lumotlar bazalari, raqamli xizmatlar, dasturiy ta’minot faoliyatini nazorat qilish;

  • Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish va ular tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat va monitoring qilish;

  • Noshirlik va matbaa faoliyati subyektlari tomonidan qonunchilik hujjatlari hamda texnik standartlar talablariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qilish, shuningdek, ularning faoliyatni boshlaganlik (tugatganlik) to‘g‘risida xabardor qilish tartib-tamoyillarini amalga oshirish;

  • Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoya qilish, shuningdek, taqiqlangan axborot, jumladan, onlayn platformada tarqatilishini cheklash.

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining asosiy vazifalari belgilab berilgan.

Inspeksiyaga faoliyati tugatilgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA)ning axborot sohasida nazorat va monitoring bo‘yicha vazifa va funksiyalari o‘tkazilishi munosabati bilan qo‘shimcha 54 ta shtat birligi ajratilsin xamda Inspeksiya boshkaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 172 ta etib belgilanmoqda.

Inspeksiyaga 2027 yil 1-yanvarga qadar «Raqamli nazorat» platformasini ham ishga tushirish vazifa qilib topshirildi. Shu muddat ichida aholi istiqomat qilayotgan, jumladan, olis va chekka hududlardagi raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar va aloqasi sifati ko‘rsatkichlari ham monitoring qilib boriladi.

Yana bir yangilik: mazkur qaror bilan «Xabar» gazetasi tahririyati» MCHJ ustav kapitalidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli davlat ulushlarini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markaziga berilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid