Logo

«O‘zbekistonda sizlarni intiqlik bilan kutyapmiz» — Prezident Anqarada vatandoshlar bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi vatandoshlar va talabalar bilan uchrashib, ularni ilm olishga va O‘zbekistonga qaytib kelajakka hissa qo‘shishga chaqirdi.

«O‘zbekistonda sizlarni intiqlik bilan kutyapmiz» — Prezident Anqarada vatandoshlar bilan uchrashdi © Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyada yashayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashib, ularni ilm olish, o‘rganish va orttirgan bilim-tajribasi bilan O‘zbekiston kelajagiga hissa qo‘shishga chaqirdi.

Uchrashuv davomida davlat rahbari mamlakatda yoshlar va mutaxassislar qaytib kelib ishlashi uchun zarur sharoitlar va uy-joylar yaratilayotganini ta’kidladi.

«Qayerda bo‘lsalaring ham, baribir ilmga, o‘rganishga intilinglar. Jonajon Vatanimiz, buyuk O‘zbekistonimizning kelajagiga hissangizni, albatta, qo‘shasizlar.

Qachon tezroq qaytib borasizlar? Sharoit bo‘lsa, yangi-yangi uylar bo‘lsa — hammasini qilyapmiz. O‘zbekistonda sizlarni har safar intiqlik bilan kutyapmiz», — dedi davlat rahbari.

Teglar

Mavzuga oid