add

O‘zbekistondagi uchta bankka sanksiya qo‘llanildi

29.11.2025 | 15:0218081 daqiqa

Qolaversa, qonunbuzilishlar va xavfsizlikka tahdid soluvchi kamchiliklar tufayli ikkita to‘lov tizimi faoliyati olti oyga cheklandi.

O‘zbekistondagi uchta bankka sanksiya qo‘llanildi

O‘zbekiston Markaziy banki 3 ta bank, 5 ta mikromoliya tashkiloti va 2 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bank nazorati qo‘mitasi joriy yilning oktabr oyida qirqdan ortiq masalani ko‘rib chiqqan. Unda prudensial normativ talablariga rioya etilmagani, o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlashtirmagani hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 1 ta bank va 1 ta to‘lov tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Shuningdek, Markaziy bank talablari va o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari davomida, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilinishida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 3 ta bank, 5 ta mikromoliya tashkiloti va 2 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.

«Tezpay» va «National Pay» aksiyadorlik jamiyatlarida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun to‘lov xizmatlarining va (yoki) operatsiyalarning ayrim turlarini amalga oshirishni, jumladan elektron shakldagi to‘lovlarga ishlov berish va to‘lovni amalga oshirish uchun zarur axborotni bankka berish yoki mazkur to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘larini qabul qilish va pul o‘tkazmalari tizimi orqali pul mablag‘larini qabul qilish va amalga oshirish joriy yil 13-noyabrdan boshlab olti oy muddatga cheklab qo‘yilgan.

Teglar

Mavzuga oid