add

O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda?

02.12.2025 | 19:187231 daqiqa

2025 yilning o‘n oyida O‘zbekiston aholisining chet elga turizm safarlari soni oshdi. Bunda qo‘shni mamlakatlar asosiy yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktabr oylarida 6,4 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Qayd etilishicha, bu yilgi safarlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taxminan 1,3 mln nafarga ko‘paygan. O‘sish sur’ati esa 24,7 foizni tashkil etdi.

Ma’lumotlar safarlarning asosiy qismi yaqin qo‘shni davlatlarga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi. Qirg‘iziston 2,8 mln nafar bilan birinchi o‘rinni egallagan. Qozog‘istonga borgan o‘zbekistonliklar soni 1,2 mln nafarga, Tojikistonga safar qilganlar soni esa 1,1 mln nafarga yetgan.

Shu bilan birga, Rossiyaga 370,1 ming, Saudiya Arabistoniga 237,1 ming, Turkiyaga 230,8 ming nafar fuqaro safar qilgani qayd etilgan. Birlashgan Arab Amirliklari 114,1 ming, Misr 56,2 ming, Xitoy 39,6 ming va Vietnam 32,8 ming nafar sayyoh bilan ro‘yxatdan o‘rin olgan. Qolgan davlatlarga yo‘l olganlar soni 204,1 ming nafarni tashkil etgan.

Avvalroq 2025 yil 10 oyida O‘zbekistonga 200 ga yaqin mamlakatlardan turizm maqsadida kelganlar soni 9,7 million nafarga yetgani ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid