
O‘zbekistonning 6 hududida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
Yog‘ingarchilik va havo harorati o‘zgarishi tufayli 16–19-yanvar kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

16–19-yanvar kunlari kutilgan yog‘ingarchilik va havo haroratining keskin o‘zgarishi sabab O‘zbekistonning olti viloyatida qor ko‘chishi xavfi haqida O‘zgidromet rasmiy ogohlantirish berdi.
Xavf e’lon qilingan hududlar:
Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
Namangan viloyati: Pop tumani.
Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.





