add

O‘zbekistonning AQSHga eksporti 2017–2024 yillar davomida deyarli 10 barobarga o‘sdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari Xurshid Asadov O‘zbekiston—AQSH o‘rtasidagi so‘nggi 8 yildagi savdo munosabatlarini tahlil qildi.

O‘zbekistonning AQSHga eksporti 2017–2024 yillar davomida deyarli 10 barobarga o‘sdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari Xurshid Asadov O‘zbekiston—AQSH o‘rtasidagi so‘nggi 8 yildagi savdo munosabatlarini tahlil qildi.

2017–2024 yillarda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi savdo aylanmasi 4,1 barobarga — 215 mln dollardan 881,7 mln dollarga yetdi. Eksport hajmi 9,9 barobarga o‘sib, 32,1 mln dollardan 317,4 mln dollargacha ko‘tarilgan. Import hajmi esa 3,1 barobarga oshib, 182,9 mln dollardan 564,3 mln dollarga yetdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari Xurshid Asadovning keltirishicha, O‘zbekistonning umumiy tovar aylanmasida AQSH ulushi 0,8 foizdan 1,3 foizgacha o‘sdi. Eksportda 0,3 foizdan 1,2 foizgacha, importda esa 1,3 foizdan 1,4 foizgacha ko‘tarilgani qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi sakkiz yilda AQSHdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlar oqimi sezilarli darajada oshgan. 2017 yilda bu ko‘rsatkich 8,6 mln dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilda 63 barobarga o‘sgan va 545,9 mln dollarga yetgan. Umumiy hisobda 2017–2024 yillarda AQSHdan O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlar 2,6 mlrd dollardan oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu oy boshidagi AQSHga amaliy tashrifi chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, 2025 yilning 12-noyabrda Prezident farmoni bilan ikki tomonlama savdo-investitsiyaviy va tijorat aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etildi.

2026 yil 1-yanvardan O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi tuzilmasiga qo‘shimcha maslahatchi-elchi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AQSHdagi vakili lavozimi joriy etiladi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonning AQSHga eksporti 2017–2024 yillar davomida deyarli 10 barobarga o‘sdi | Vaqt.uz