O‘zbekistonning Isroil elchixonasi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

28.02.2026 | 12:321 daqiqa

Elchixona Isroil havo hududi yopilganini, kuchli raketa hujumlari bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilib, fuqarolardan shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘ramoqda.

O‘zbekistonning Isroil elchixonasi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasining Isroildagi Elchixonasi Isroildagi murakkab harbiy-siyosiy vaziyat sabab mamlakat havo fazosi vaqtincha yopilganini ma’lum qildi. Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, kuchli raketa hujumlari kuzatilishi kutilmoqda.

Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida fuqarolarga elchixonaga jiddiy zaruratsiz kelmaslik qat’iy tavsiya etilmoqda. Har qanday vaqtda raketa otishmalari boshlanishi mumkinligi qayd etildi.

Diplomatik vakolatxona yurtdoshlarni xavfsiz joylarda qolishga va raketa hujumlari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi. Shuningdek, Isroil Front orti qo‘mondonligi ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishni so‘radi. Ogohlantirishlarga e’tibor berish va rasmiy axborot manbalarini kuzatib borish zarurligi ta’kidlandi.

1

2

Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari 24 soat davomida ishlayotganini ma’lum qildi. Fuqarolar 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075 va 03-758-5076 raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin.

Favqulodda holatlar va shoshilinch xabarlar uchun alohida mobil raqam — +972 54 485 1397 ham faol holatda.

Teglar

Mavzuga oid