O‘zbekistonning mundial uchun 26 kishilik tarkibi ma’lum bo‘ldi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2026 uchun yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi. 30 kishilik tarkibda bo‘lgan to‘rt nafar futbolchi AQSHga borganiga qaramay, rasmiy ro‘yxatdan o‘rin olmadi.
© ufa2-iyun kuni FIFA milliy terma jamoalarning Jahon chempionati-2026 musobaqasi uchun yakuniy tarkiblarini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham mundialda qatnashadigan 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibni 1-iyun kuni FIFAga yuborgan.
Wikipedia portalida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining chempionat uchun yakuniy tarkibi shakllantirilgan va unda bosh murabbiy Fabio Kannavaro tomonidan tanlangan futbolchilar aks etgan.
Manbaga ko‘ra, Kannavaroning avvalgi kengaytirilgan 30 kishilik ro‘yxatiga kirgan bir nechta futbolchilar yakuniy tarkibdan joy ololmagan. Xususan, Sherzod Temirov, Jasur Jaloliddinov, Ruslanbek Jiyanov va Umarali Rahmonaliyev chempionat uchun tasdiqlangan 26 kishilik tarkibga kiritilmagan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining yakuniy tarkibi:
Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov («Navbahor»), Botirali Ergashev («Neftchi»), Abduvohid Ne’matov («Nasaf»).
Himoyachilar: Farruh Sayfiyev («Neftchi»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»), Sherzod Nasrullayev («Paxtakor»), Behruz Karimov («Surxon»), Avazbek O‘lmasaliyev (OKMK), Jahongir O‘rozov («Dinamo»), Rustam Ashurmatov («Istiqlol», Eron), Umar Eshmurodov («Nasaf»), Abduqodir Husanov («Manchester Siti», Angliya), Abdulla Abdullayev («Dibba», BAA).
Yarimhimoyachilar: Otabek Shukurov («Baniyas», BAA), Jamshid Iskanderov («Neftchi»), Aziz G‘aniyev («Al Batayeh», BAA), Sherzod Esanov («Buxoro»), Odil Hamrobekov («Traktor», Eron), Akmal Mozgovoy («Paxtakor»).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Istanbul Bashakshehir», Turkiya),Abbos Fayzullayev («Istanbul Bashakshehir», Turkiya), Jaloliddin Masharipov («Istiqlol», Eron), Doston Hamdamov («Paxtakor»), Oston O‘runov («Persepolis», Eron), Aziz Amonov («Dinamo»), Igor Sergeyev («Persepolis», Eron).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston MTJning AQSHga boradigan 30 kishilik tarkibi haqida ma’lumot bergan edik.



