«O‘zbekneftgaz» 2,5 trln so‘m tejadi

Bugun 16:471 daqiqa

Sohaga oid bo‘lmagan aktivlarni tasarrufdan chiqarish orqali saqlash xarajatlari dastlabki uch oyda 30 mlrd so‘mga qisqargan.

«O‘zbekneftgaz» 2,5 trln so‘m tejadi

«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatida sarf-xarajatlarni tizimli qisqartirish va optimallashtirish natijasida joriy yilning dastlabki choragida erishilgan samara va qisqartirilgan xarajatlar 2,5 trln so‘mni tashkil qildi. Bu haqda bugun, 20-aprel kuni 2026 yil I-chorak sarhisobi hamda «Dolzarb 100 kunlik» dasturi natijalari bo‘yicha o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Tejalgan mablag‘lar

Qayd etilishicha, sohaga oid bo‘lmagan aktivlarni tasarrufdan chiqarish orqali saqlash xarajatlari dastlabki uch oyda 30 mlrd so‘mga qisqartirilgan. Qurilish va burg‘ilash loyihalari qiymatini optimallashtirish hisobiga esa yil boshidan 438 mlrd so‘m tejalgan.

Shu bilan birga, tovar-moddiy resurslar va xizmatlar narxlarini pasaytirish, debitor qarzdorliklarni undirish hamda ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borish natijasida 1,8 trln so‘m mablag‘ tejalgan.

Shuningdek, pudratchilar bilan ilgari tuzilgan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish natijasida narxlar 20 foizgacha arzonlashtirilgan va loyiha-smeta hujjatlarini takomillashtirish va ishlarni bajarish muddatini 3 oyga qisqartirish hisobiga umumiy hisobda 26,3 mlrd so‘m tejamkorlikka erishilgan.

Teglar

Mavzuga oid