add

«O‘zbekneftgaz» raisiga korrupsiyaga qarshi kurashuvchi yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bugun 13:352 daqiqa

Kompaniyada komplayens va korrupsiyaga qarshi nazoratni kuchaytirishga qaratilgan kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

«O‘zbekneftgaz» raisiga korrupsiyaga qarshi kurashuvchi yangi o‘rinbosar tayinlandi

«O‘zbekneftgaz» AJ rahbariyatida navbatdagi kadrlar tayinlovi amalga oshirildi. Kompaniya boshqaruv raisining komplayens hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga adliya katta maslahatchisi Zohid Qorayev tayinlandi.

Qayd etilishicha, ushbu lavozimda Zohid Qorayev komplayens talablariga rioya etilishini ta’minlash, ichki nazorat tizimlarini takomillashtirish hamda korrupsiya xavf-xatarlarini barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtiradi. Shuningdek, korporativ boshqaruvda shaffoflik va hisobdorlikni oshirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Yangi tayinlov «O‘zbekneftgaz» AJda xalqaro standartlarga mos komplayens tizimini shakllantirish va davlat ishtirokidagi yirik kompaniyada boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun, Zohid Qorayev mazkur lavozimga tayinlanishidan oldin Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 12-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti huzurida o‘tkazilgan taqdimotda sohadagi korrupsion xavflarni oldini olish maqsadida «O‘zbekneftgaz» tuzilmasida raisning alohida o‘rinbosari lavozimi kiritilib, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tashkil etildi. Shuningdek, tizimdagi har qanday noqonuniy holatni tezkor aniqlash va oldini olish bo‘yicha samarali tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.

Avvalroq «O‘zbekneftgaz» boshqaruv raisi ishdagi kamchiliklari uchun 4 ta hududdagi neft bazalari rahbarlarini ishdan bo‘shatgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid