«O‘zbekneftgaz»da optimallashtirish: yangi konlar va audit

24.02.2026 | 07:552 daqiqa

Prezident «O‘zbekneftgaz»da xarajatlarni qisqartirish, zaxiralarni oshirish va xalqaro audit joriy etish bo‘yicha topshiriqlar ijrosini ko‘rib chiqdi.

«O‘zbekneftgaz»da optimallashtirish: yangi konlar va audit

Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Joriy yil 30-yanvarda o‘tgan taqdimotda operatsion samaradorlikni kuchaytirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish vazifalari belgilab berilgan edi.

Davlat rahbariga mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha axborot taqdim etildi. Xarajatlarni maqbullashtirish maqsadida markaziy apparat tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilib, optimallashtirish boshlangan. Ishlab chiqarish xizmatlari, tovar va materiallar narxlari hamda pudrat ishlari bo‘yicha qayta hisob-kitoblar amalga oshirilmoqda.

 

Xarajatlar va qarzlar

Kompaniyada kredit portfelini tartibga solish, debitor qarzdorlikni qisqartirish va sohaga daxldor bo‘lmagan aktivlarni tasarrufdan chiqarish ishlari boshlangan. Bu choralar moliyaviy barqarorlikni tiklashga qaratilgan.

Shuningdek, xarid jarayonlarini takomillashtirish, forenzik audit o‘tkazish va ESG tamoyillarini joriy etish rejalashtirilgan. Hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash ishlari ham tezlashtiriladi.

 

Qidiruv va zaxiralar

Geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va uglevodorod zaxiralarini oshirish alohida e’tibor markazida. 2026-2027 yillarda yangi maydonlarda qidiruv ishlarini kuchaytirish, 3D seysmik-qidiruv hajmlarini oshirish va quduqlarni qurilish bilan yakunlash rejalashtirilgan.

Joriy yil yanvar-fevral oylarida ikkita yangi gaz kondensat koni ochilgani ma’lum qilindi. Prezident belgilangan vazifalarni aniq hisob-kitob, qat’iy intizom va shaxsiy javobgarlik asosida ijro etishni davom ettirishni topshirdi.

Avvlroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida jami 6 ta quduqdan sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi olinganini haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid