add

«O‘zbekneftgaz»dan qat’iy choralar: qazib chiqarish pasayishi tanqid qilindi

Bugun 07:582441 daqiqa

«O‘zbekneftgaz» AJda tabiiy gaz qazib chiqarish samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, so‘nggi to‘rt yilda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari 21,7 foizga qisqargan.

«O‘zbekneftgaz»dan qat’iy choralar: qazib chiqarish pasayishi tanqid qilindi

Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan belgilangan vazifalar — jamiyat faoliyatini tiklash, gaz qazib chiqarish hajmlarini barqarorlashtirish va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish masalalari tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, so‘nggi to‘rt yilda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari 21,7 foizga qisqargan.

Bu holat strategik rejalashtirish yetishmasligi va faoliyatning qisqa muddatli yondashuv asosida olib borilgani bilan izohlandi. Shu bois har bir kon bo‘yicha iqtisodiy samaradorlik va rentabellik ko‘rsatkichlarini aniq belgilash zarurligi ta’kidlandi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda geologik-qidiruv va texnik tadbirlarga katta mablag‘lar yo‘naltirilganiga qaramay, qazib chiqarishda o‘sish kuzatilmagan. Aksincha, qazib chiqarish sur’atlari 5–6 foizga pasayib borayotgani qayd etildi. Bu holat boshqa turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Jamiyatning yangi raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda tabiiy gazning tannarxdan past narxlarda keyingi bosqichlarga uzatilishi kompaniya moliyaviy holatiga bosim o‘tkazayotgani, tashqi qarzlarni oshirayotgani aytildi. Shu munosabat bilan qazib chiqarish xarajatlarini keskin qisqartirish orqali moliyaviy barqarorlikka erishish mumkinligi ta’kidlandi.

Shuningdek, har bir mas’ul shaxsga alohida quduq biriktirish amaliyoti joriy etilishi, ko‘rsatkichlar bajarilmagan taqdirda qat’iy choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi. Yig‘ilish yakunida sohani rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirildi.

Teglar

Mavzuga oid