Paxta va g‘alla maydonlari qisqaradi: Yerlarning yarmi chorva ozuqasiga ajratiladi

Bugun 09:001 daqiqa

Shuningdek, aholi xonadonlarida identifikatsiya qilingan sigirlardan olingan har bir nasldor buzoq uchun subsidiyalar beriladi.

Paxta va g‘alla maydonlari qisqaradi: Yerlarning yarmi chorva ozuqasiga ajratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chorvachilik tarmog‘i va yaylov xo‘jaligini zamonaviy boshqaruv tizimi va yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, 2026–2028 yillarda chorvachilik mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlash darajasi 50 foizga yetkaziladi va nasldor qoramollar ulushi 90 foizga olib chiqiladi.

2027 yil hosilidan boshlab paxta va boshoqli don joylashtirilishi nazarda tutilgan yer maydonlarining 50 foiziga ozuqabop ekinlarni joylashtirishga ruxsat etiladi.

Shu bilan birga, 2026 yil 1-iyuldan 2030 yil 1-yanvariga qadar aholi xonadonlarida identifikatsiya qilingan sigirlardan olingan har bir nasldor buzoq uchun subsidiyalar ajratiladi. Xususan, sun’iy urug‘lantirish orqali olingan buzoqlar uchun 500 ming so‘m, embrion ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) orqali olingan buzoqlar uchun esa 700 ming so‘m miqdorida to‘lovlar belgilandi.

Qaror 2026 yil 1-iyundan boshlab 2029 yil 1-yanvargacha xorijdan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni olib kirishda QQSdan ozod qilishni nazarda tutadi.

Teglar

Mavzuga oid

Paxta va g‘alla maydonlari qisqaradi: Yerlarning yarmi chorva ozuqasiga ajratiladi | Vaqt.uz