add

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qayta tashkil etildi

Prezident farmoniga ko‘ra, strategik rejalashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan agentlik, jamg‘arma va kengash qayta tashkil etilmoqda.

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qayta tashkil etildi

Avvalroq «Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–201-sonli Prezident Farmoni qabul qilingani haqida xabar qilgandik.

Ushbu farmonga ko‘ra, Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash etib qayta tashkil etiladi.

Shu jumladan, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi etib qayta tashkil etiladi.

Shuningdek, Strategik islohotlar agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi etib qayta tashkil qilinadi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan idoralararo kollegial organ hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid