add

Prezident ishiga ko‘zbo‘yamachilik bilan yondashgan 20 ta tuman hokimiga chora ko‘rishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ayrim tuman hokimlarini tanqid qildi.

Prezident ishiga ko‘zbo‘yamachilik bilan yondashgan 20 ta tuman hokimiga chora ko‘rishni topshirdi

Prezident huzuridagi yig‘ilishda ayrim tuman hokimlari bandlik masalalarida jiddiy kamchiliklar va ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yayotgani ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev Bosh vazirga ishga shunday yondashgan 20 ta tuman hokimiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rish topshirdi.

Jumladan, Yashnobod, Buxoro, G‘ijduvon, Koson, Xatirchi, Qumqo‘rg‘on, Yangiyo‘l, O‘zbekiston, Guliston, Yakkabog‘, Andijon, Parkent, Toshkent, Nurobod, Uchtepa, Chortoq, Davlatobod, Oltinko‘l, Qiziriq va Kogon tumanlari hokimlariga chora ko‘rish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Denov tumani hokimi I.Abrorov, uning birinchi o‘rinbosari Sh.To‘raqulov hamda Chiroqchi tumani hokimi F.Yusupov, uning birinchi o‘rinbosari Z.Ergashev ishdan olinishi belgilangan edi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Denov tumani kambag‘al oilalar reyestriga kirganidan buyon 1200 ta oila daromadida o‘zgarish bo‘lmagan. Shuningdek, Chiroqchi tuman hokimligi ajratilgan 309 milliard so‘m resursi bilan ham odamlarga imkoniyatiga yarasha tayyor loyiha bermagan.

Teglar

Mavzuga oid

Prezident ishiga ko‘zbo‘yamachilik bilan yondashgan 20 ta tuman hokimiga chora ko‘rishni topshirdi | Vaqt.uz