add

Prezident: O‘zbekiston suveren reytingi «BB-»dan «BB» pog‘onaga ko‘tarildi

Bugun 12:54431 daqiqa

Jahon banki e’lon qilib boradigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida O‘zbekiston yuqori natijani qayd etgan.

Prezident: O‘zbekiston suveren reytingi «BB-»dan «BB» pog‘onaga ko‘tarildi

Yetakchi xalqaro reyting agentliklari O‘zbekistonning suveren reytingini «BB-»dan «BB» pog‘onasiga ko‘tardi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi, xalqaro reytinglardagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda.

«Bu gaplar ko‘pchilikka oddiy bir fakt bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin iqtisodchilar, investor va bankirlar gap naqadar katta natijalar haqida borayotganini juda yaxshi tushunib turibdi. Birgina ana shu o‘zgarish tufayli chetdan jalb qilinadigan resurslarning foiz stavkasi 1-1,5 punktga pasayib, tashqi qarz xarajati yiliga 250-300 million dollarga kamayadi», – dedi davlat rahbari.

Shu jumladan, Jahon banki e’lon qilib boradigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida O‘zbekiston 71 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, dunyoning TOP-10 ta mamlakati qatoridan joy oldi.

Bundan tashqari, 2025 yil davlat iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarga yetdi. Jami investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31,9 foizni tashkil etgan.

Teglar

Mavzuga oid