
Putin muhojirlarni ishdan bo‘shatish uchun asoslar ro‘yxatini kengaytirdi
2026 yil 1-martdan Rossiyada migrantlarni ishdan bo‘shatishga doir yangi qoida amal qila boshlaydi.

2026 yil 1-martdan Rossiyada migrantlarni ishdan bo‘shatishga doir yangi qoida amal qila boshlaydi. Yangi tartibga ko‘ra, ish beruvchilar xodimlar sonini qisqartirishda faqat federal qonunlarga emas, balki mintaqaviy hujjatlarga ham tayanadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet ellik ishchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ro‘yxatini kengaytiruvchi qonunni imzoladi.
Endi ish beruvchilar mintaqaviy ish o‘rinlari cheklovlari oshib ketgan taqdirda migrantlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Tashabbus Davlat dumasiga "Yangi odamlar" fraksiyasi deputatlari tomonidan kiritilgan. Ularning baholashicha, bu ishdan bo‘shatilgan xodimlarning sud da’volari xavfini kamaytiradi.
2014 yildan boshlab Rossiya Federatsiyasi sub’ektlari chet ellik ishchilarni jalb etish uchun yillik cheklovlarni belgilash huquqiga ega bo‘ldi.
Bunday holatlarda korxonalar migrantlar sonini kamaytirishi shart, aks holda ularga ma’muriy javobgarlik tahdid soladi: yuridik shaxslar uchun 800 ming rubldan 1 million rublgacha jarima yoki ikki haftadan kam bo‘lmagan muddatga faoliyatni ma’muriy to‘xtatib qo‘yish ko‘zda tutilgan.





