«Qamoqdan frontga» — farzandi mahbuslikdagi ota-onalar hukumatdan yordam so‘ramoqda | Fikr vaqti
Rossiyada qamalgan urushga olib ketilayotgan o‘zbek yoshlari soni ortib bormoqda. Ota-onalar esa hukumatdan farzandlarining jazo muddatini vatanda o‘tashi uchun sharoit yaratib berishni so‘ramoqda.
Rossiyada mehnat muhojirlari, jumladan o‘zbekistonliklar uchun vaziyat yil sayin og‘irlashib bormoqda. Migratsiya qonunchiligi qat’iylashmoqda, yangi cheklovlar joriy etilyapti.
Albatta, har bir davlat o‘z qonun-qoidalari va ichki tartiblariga ega. Jumladan, migratsiya masalasida ham.
Biroq oxirgi yillarda vatandoshlar, ayniqsa ko‘plab o‘zbek yoshlarining Rossiyada turli jinoyatlarda ayblanib, uzoq muddatlarga qamalishi, shu bilan birga ularning urush harakatlariga jalb etilishi holatalri ortib ketdiki, bunday vaziyatlar masalani mutlaqo boshqa darajaga olib chiqmoqda.
Bu endi O‘zbekiston rasmiylari munosabat bildirishi, ikki davlat hukumatlari o‘rtasida muhokama qilinishi lozim bo‘lgan masala. Farzandi Rossiya qamoqxonalarida qolayotgan ota-onalar esa bu vaziyatda hukumatdan mahkumlarni vatanga qaytarish, ularning jazo muddatini O‘zbekistonda o‘tashiga imkon berishni so‘ramoqda.
Fikr vaqti’ning navbatdagi soni ana shunday vatandoshlar taqdiri va ularni vatanga qaytarish masalasiga bag‘ishlanadi. Dastur mehmonlari — migratsiya masalalari bo‘yicha yurist Botirjon Shermuhammad, advokat Abrorbek Qadamov hamda ikki farzandi Rossiyadagi qamoqxonalarda bo‘lgan ona — Zulxumor Alimova bo‘ldi.
Teglar






