add

Qozog‘iston nefti ortilgan tankerlar hujumga uchradi

Kecha 20:402 daqiqa

Qora dengizdagi Kaspiy quvur o‘tkazgich konsorsiumi terminali yaqinida Qozog‘iston nefti ortilgan tankerlarga «dron»lar hujum qildi.

Qozog‘iston nefti ortilgan tankerlar hujumga uchradi

Qozog‘istondan kelayotgan neft orttirilgan ikkita tanker Qora dengizdagi Kaspiy quvur o‘tkazgich konsorsiumi (KQK) terminali yaqinida uchuvchisiz uchish apparatlari zarbasi oqibatida shikastlandi. Bu haqda vaziyatdan xabardor «RIA Novosti» manbasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Delta Harmony va Matilda tankerlarining yuk uskunalari shikastlangan. Kemalarning suzuvchanligi buzilmagan. Reuters manbalari xabar berishicha, Freud va Delta Supreme tankerlari ham hujumga uchragan.

«KazMunayGaz» kompaniyasi Matilda tankeriga berilgan zarbani tasdiqladi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, kemada portlash sodir bo‘lgan, shundan so‘ng yong‘in boshlangan. Jabrlanganlar yo‘q. Zararni baholash davom etmoqda. Matilda tankeriga KQK terminalidan neft yuklash 18-yanvarga rejalashtirilgan edi.

Delta Harmony va Matilda tankerlari «Tengizshevroyl» va «Karachaganak Petroleum Opereyting» konsorsiumlari tomonidan ijaraga olingan. Ular Qozog‘istondan neft tashiydi. Qozog‘iston Energetika vazirligi KQK terminali shtat rejimida ishlashda davom etayotganini ma’lum qildi. Neft jo‘natish VPU-1 masofaviy prichal qurilmasi orqali amalga oshirilmoqda.

Avvalroq, Novorossiysk portidan Qozog‘iston nefti eksporti keskin kamaygani xabar qilingan edi. Bunga noqulay ob-havo, prichallarning texnik xizmati va uchuvchisiz uchish apparatlari tomonidan yetkazilgan zararlar sabab bo‘ldi.

Treyderlar ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida CPC Blend navli neft yetkazib berish kuniga 800–900 ming barrelni tashkil etadi. Bu dekabr o‘rtalarida kutilgan hajmdan 45 foizga pastdir. Rejalashtirilgan 45 ta partiyadan kamida 21 ta jo‘natish bekor qilindi.

Taklifning qisqarishi allaqachon narxlarning oshishiga olib keldi. Qozog‘iston nefti bir yil ichida ilk bor mukofot (premiya) bilan sotilmoqda. Oxirgi bitimlar Dated Brent narxiga barrel uchun taxminan 1,2 dollar ustama bilan amalga oshirildi. Bloomberg ta’kidlashicha, oxirgi haftalarda ob-havo sharoiti tufayli neft jo‘natish bir necha bor to‘xtatilgan. Bu texnik xizmat ko‘rsatishdan keyin ikkinchi masofaviy prichalni ishga tushirishni kechiktirdi. Noyabr oxirida yana bir prichal Ukraina dronlari tomonidan shikastlangan edi. Eksport hajmini saqlab qolish uchun Qozog‘istonga kamida ikkita ishlab turgan KQK prichali zarur.

Teglar

Mavzuga oid