add

Qozog‘iston va O‘zbekiston Rossiya gazi tranziti bo‘yicha muhim shartnoma imzoladi

16.12.2025 | 23:285521 daqiqa

Qozog‘iston tomoni tranzit hajmini yiliga 8,4 milliard kub metrgacha oshirishni ko‘rib chiqmoqda.

Qozog‘iston va O‘zbekiston Rossiya gazi tranziti bo‘yicha muhim shartnoma imzoladi

Qozog‘istonning «QazaqGaz» davlat kompaniyasi va «O‘ztransgaz» O‘zbekiston hududi orqali gaz tranziti bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda «QazaqGaz» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, O‘zbekiston tomonidan hujjatni «O‘ztransgaz» boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi Asqar Isoqov, «QazaqGaz» tomonidan esa boshqaruv raisi Alibek Jamauov imzolagan.

«Shartnomaning imzolanishi gazning barqaror tashilishini ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarni mustahkamlaydi va gaz transporti sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradi. Bitim mintaqaviy gaz infratuzilmasining ishonchliligini oshirish va kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi», - deyiladi xabarda.

Qozog‘iston Energetika vaziri Yerlan Akkenjenovning aniqlik kiritishicha, bu tranzit hajmi aynan Rossiya gaziga tegishli.

«Bu Rossiya gazining tranziti. Umuman olganda, biz tranzitni yiliga 8,4 milliard kub metrgacha oshirishni ko‘rib chiqmoqdamiz», - degan vazirlik rahbari jurnalistlarga.

Teglar

Mavzuga oid