Qozog‘istonda sobiq deputat 2,6 milliard tenge subsidiyani o‘zlashtirdi
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq deputat o‘z nazorati ostidagi kompaniyalar va 29 ta dehqon xo‘jaligi orqali elita malina ko‘chatlarini sotib olish bo‘yicha soxta hujjatlarni taqdim etib, noqonuniy ravishda davlat subsidiyalarini olgan.
© Фото: depositphotos.comOlmaotada agrosanoat majmuasini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan budjet mablag‘larining yirik miqdorda o‘zlashtirilishi bo‘yicha jinoiy tergov yakunlandi. Ma’lumotlariga ko‘ra, ish bo‘yicha asosiy sudlanuvchi bo‘lgan Qorasoy tumanining sobiq deputati qishloq xo‘jaligidagi tajribasidan foydalanib, davlat subsidiyalari mexanizmlarini bilgan holda budjet to‘lovlarini noqonuniy ravishda o‘zlashtirgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘z nazorati ostidagi kompaniyalar va 29 ta dehqon xo‘jaligi orqali elita malina ko‘chatlarini sotib olish bo‘yicha soxta hujjatlarni taqdim etib, noqonuniy ravishda davlat subsidiyalarini olgan.
491 million tenge miqdoridagi mablag‘ gumonlanuvchining rafiqasi nomiga rasmiylashtirilgan brokerlik hisobi orqali qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yo‘naltirilgan. Yana 400 million tenge affillangan mikromoliya tashkilotiga o‘tkazilgan. Shuningdek, 170 million tenge qimor o‘yinlariga sarflangan. Sud gumonlanuvchilarning mol-mulkini, jumladan, kvartiralar, avtomobillar, xususiy uy va qimmatli qog‘ozlarni musodara qildi. Uch nafar gumonlanuvchi hibsda saqlanmoqda.


