add

Rossiya nefti narxi so‘nggi 2,5 yilda eng past darajaga tushdi

Bugun 20:552041

Urals neftining narxi barreliga 36,61 dollargacha pasaydi. AQSH sanksiyalari kuchga kirmasdan avval bozor Rossiya yoqilg‘icidan yuz o‘giryapti.

Rossiya nefti narxi so‘nggi 2,5 yilda eng past darajaga tushdi

2023 yil mart oyidan buyon ilk bor Rossiyaning Urals markali neft narxi 36,61 dollargacha tushib ketdi. Bloomberg agentligi ma’lum qilishicha, bu tanazzul AQSHning «Rosneft» va «Lukoyl»ga qarshi sanksiyalari kuchga kirishidan bir necha kun oldin yuz bergan. Argus Media esa Boltiq dengizi bandargohlarida ham shunga o‘xshash pasayish qayd etilganini bildirgan.

Brent neftiga nisbatan Urals uchun berilgan chegirma 23,52 dollargacha yetdi — bu 2023 yil iyunidan buyon kuzatilmagan holat. Bu Rossiya neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyotkor munosabat va AQSHning ikkinchi darajali sanksiyalar haqidagi ogohlantiruvi bilan izohlanmoqda.

Argus ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy va Hindistonga yetkazilayotgan Rossiya neft mahsulotlari hatto yetkazib berish xarajatlari inobatga olinmasdan ham Brent’dan bir necha dollarga arzon.

Rossiya yoqilg‘iciga talab keskin kamayishiga AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining 22-oktabrda «Rosneft» va «Lukoyl»ga nisbatan joriy qilgan sanksiyalari sabab bo‘ldi. Biznes uchun ushbu kompaniyalar bilan aloqani to‘xtatish bo‘yicha so‘nggi muddat 21-noyabr qilib belgilangan.

Natijada, Xitoy, Hindiston va Turkiyadagi ayrim neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan xaridlarni to‘xtatib, o‘rnini bosuvchi manbalarni izlashga o‘tdi. Neft narxi pasayishi Rossiya byudjetiga soliq tushumlari kamayishi orqali ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mamlakat byudjeti daromadining taxminan 25 foizi neft va gaz hisobidan shakllanadi.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiya nefti narxi so‘nggi 2,5 yilda eng past darajaga tushdi | Vaqt.uz