Logo

Rossiya Putinning Kuril orollariga tashrifini tanqid qilgan Yaponiyaga tahdid qildi

Bugun 20:142 daqiqa

Rossiya va Yaponiya o‘rtasida Kuril orollari maqomi yuzasidan diplomatik keskinlik kuchaydi. Tokio Putinning tashrifini tanqid qildi, Moskva esa bunga javoban norozilik bildirib, javob choralari bilan tahdid qildi.

Rossiya Putinning Kuril orollariga tashrifini tanqid qilgan Yaponiyaga tahdid qildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichining Vladimir Putinning Kuril orollariga tashrifini tanqid qilgan bayonotlari yuzasidan Tokioga qat’iy norozilik bildirdi. Bu haqda Nur.kz nashri ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, 18-avgust kuni Yaponiyaning Rossiyadagi elchisi Akira Muto Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin yapon diplomatiga Vladimir Putinning Iturup oroliga tashrifi yuzasidan Yaponiya hukumati rahbarining bayonotlari munosabati bilan qat’iy norozilik taqdim etgan.

Tomonlarning pozitsiyasi va qarama-qarshi da’volar

Rossiya tomoni Kuril orollarining janubiy qismi ustidan o‘z suvereniteti daxlsiz ekanligini da’vo qilmoqda.

Vazirlik bayonotida ushbu hududlar Ikkinchi jahon urushi yakunlariga ko‘ra, BMT ustavi va Ittifoqchi davlatlarning kelishuvlari asosida Rossiyaga o‘tgani ta’kidlangan. Shuningdek, Moskva Tokioning sanksiyalar siyosati va Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi fonida o‘zida «adekvat javob choralarini ko‘rish huquqini qoldirishi» yapon diplomatik missiyasi rahbariga ma’lum qilingan, deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, rasmiy Tokio Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘tgan haftada Kuril orollariga amalga oshirgan ilk tashrifiga keskin reaksiya bildirgan. Yaponiya hukumati mazkur tashrif yuzasidan norozilik bildirib, buni yapon xalqining his-tuyg‘ularini haqorat qilish deb baholagan.

Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi Tokio tomonidan «Shimoliy hududlar» deb ataluvchi Kunashir, Shikotan, Iturup va Xabomai orollari «Yaponiyaning azaliy hududi» ekanligini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, mazkur orollar tarixiy nuqtai nazardan ham, xalqaro huquqqa ko‘ra ham Yaponiyaga tegishlidir, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi nashr.

Bunga javoban Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sanae Takaichining so‘zlari «mutlaqo qabul qilib bo‘lmas» holat ekanligini va barcha Kuril orollari «Rossiyaning ajralmas qismi» sanalishini aytgan.

Teglar

Mavzuga oid