Rossiyalik harbiylar uchun YI hududiga kirish taqiqlanadi

Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi urushda ishtirok etgan barcha rossiyaliklarga Shengen hududiga kirishni taqiqlashni rejalashtirmoqda.

Rossiyalik harbiylar uchun YI hududiga kirish taqiqlanadi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotida ishtirok etgan barcha rossiyaliklar uchun Shengen hududiga kirishni taqiqlash tashabbusini ishlab chiqmoqda. Bu haqda YI tashqi siyosat rahbari Kaya Kallas ma’lum qildi.

«Yevropa Komissiyasi bilan birgalikda biz yuz minglab sobiq Rossiya harbiy xizmatchilarining Shengen hududiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik ustida ishlamoqdamiz», — deydi Kaya Kallas.

Kallas, shuningdek, Rossiyaning Yevropa Ittifoqi huzuridagi missiyasi xodimlari sonini 40 nafar bilan cheklashga qaror qilinganini bildirdi. Bu qadam Brusselning Moskvaga nisbatan bosimini kuchaytirish siyosati doirasida baholanmoqda.

Avvalroq YI tashqi siyosiy xizmati vakili Anita Xipper ham ushbu tashabbus muhokama qilinayotganini tasdiqlagan edi. Uning aytishicha, masala yanvar oyi oxirida YI Tashqi ishlar kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va bir qator davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Politico nashrining yozishicha, Tallin harbiy tajribaga ega shaxslarni Shengen «qora ro‘yxati»ga kiritishni taklif qilgan. Yevropa diplomatlariga ko‘ra, mojaro tugaganidan so‘ng minglab bunday shaxslar YI hududiga kirishga urinishi mumkinligi xavotir uyg‘otmoqda. Biroq ayrim manbalar tashabbusni amalga oshirish amaliyotda murakkab bo‘lishi mumkinligini qayd etmoqda.

Rossiya hukumati esa G‘arb sanksiyalarini noqonuniy va samarasiz deb hisoblab keladi.

Teglar

Mavzuga oid