Saida Mirziyoyeva BMT vakili Bo Matiasen bilan muzokara o‘tkazdi

Bugun 15:341 daqiqa

Ular kiberjinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash masalalarini ko‘rib chiqdi.

Saida Mirziyoyeva BMT vakili Bo Matiasen bilan muzokara o‘tkazdi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Bugun, 21-aprel kuni Prezident Adminstratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori o‘rinbosari Bo Matiasen bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ​muloqot chog‘ida narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, Samarqand forumini doimiy faoliyat yurituvchi muloqot maydoniga aylantirish masalalari muhokama qilingan.

«​O‘zbekistonning BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasiga saylanishi amaliy aloqalarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochishiga ishonch bildirildi», - deya yozdi Saida Mirziyoyeva.

Forum haqida

Samarqand shahrida butun jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb mavzulardan biriga bag‘ishlangan «Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish» mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda. Unda 50 dan ortiq davlat vakillari, 500 dan ziyod xalqaro ekspert va mutaxassislar, shuningdek, BMT, Interpol, Yevropa Ittifoqi, MDH va SHHT kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar delegatlari ishtirok etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid