Saida Mirziyoyeva: «Transport islohotini shaxsan nazorat qilaman»

27.02.2026 | 11:191 daqiqa

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha prezident qarori ijrosi doirasida amaliy ishlar boshlanganini ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyeva: «Transport islohotini shaxsan nazorat qilaman»

Toshkent shahrida transport tizimini tubdan yangilashga qaratilgan prezident qarori ijrosi amaliy bosqichga o‘tdi. Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bu jarayonni shaxsan nazorat qilishini ma’lum qildi. 27-fevral kuni maxsus tashkil etilgan Yo‘l harakatini tashkil etish markazi poytaxtdagi tirbandlik va ekologiya muammolari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Hisobotlarga ko‘ra, yaqin kunlarda «aqlli» svetoforlar o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini standartlarga moslashtirish va avtoturargohlarni tartibga solish ishlari boshlanadi. Loyiha jamoat transporti ustidan nazoratni kuchaytirishni ham qamrab oladi.

«Umid qilamanki, shahar hokimi boshchiligidagi jamoa qarorning ijrosini to‘laqonli ta’minlashga bor kuch va imkoniyatini qaratadi. Men buning bajarilishini shaxsan nazorat qilib boraman», — deydi Mirziyoyeva.

Shu bilan birga, Saida Mirziyoyeva poytaxt uchun o‘ta muhim, juda zarur bo‘lgan ushbu loyihani amalga oshirishda jamoaga muvaffaqiyat tilagan.

Teglar

Mavzuga oid