add

Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashdi

Bugun 18:32981 daqiqa

Toshkentda o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, ayniqsa ta’lim, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan bilan muloqot o‘tkazdi.

Suhbatda ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va yangi loyihalarni ilgari surish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuvda Kommunikatsiya markazining O‘zbekiston–Xitoy munosabatlarini mustahkamlashdagi o‘rni alohida qayd etildi.

Ta’lim, fan, madaniyat va turizm yo‘nalishlarida almashinuvlarni kengaytirish muhim yo‘nalish sifatida belgilab olindi. Tomonlar yaqin muloqotni davom ettirish, qo‘shma tashabbuslarni muvofiqlashtirish va amaliy hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva ACWA Power kompaniyasi boshqaruv raisi va Vision Invest kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Muhammad Abunan bilan ham uchrashgandi.

Teglar

Mavzuga oid