add

Samarqandda aholi xonadonidagi tintuv yuzasidan IIV rasmiy izoh berdi

Bugun 16:1512551 daqiqa

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri, «Matonat» MFY renovatsiya dasturi doirasida buziladigan uylar uchun taklif etilgan kompensatsiyaga rozi bo‘lmagan fuqarolarning xonadonlarida tintuv o‘tkazilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Vaqt.uz nashriga rasmiy izoh berdi.

Samarqandda aholi xonadonidagi tintuv yuzasidan IIV rasmiy izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri, «Matonat» MFY hududi renovatsiya dasturi doirasida ko‘p qavatli uylar quriladigan mahallalar ro‘yxatiga kiritilgani, shu munosabat bilan buziladigan uylar uchun taklif etilgan kompensatsiyaga rozi bo‘lmagan fuqarolarning xonadonlarida navbatma-navbat tintuv o‘tkazilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov Vaqt.uz'ga ma’lum qilishicha, Samarqand shahar hududida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli profilaktik-tezkor tadbirlarining 3-bosqichi doirasida, Samarqand shahri «Matonat» ko‘chasida joylashgan uylardan birida giyohvandlik moddalari saqlanayotgani haqida tezkor ma’lumot olingan.

Shu asosda Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan tintuv protsessual harakatini o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan. Ushbu sud ajrimi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 29-noyabr kuni Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMBning 9-son IIB xodimlari tomonidan «Matonat» ko‘chasidagi xonadon hamda unga tegishli yordamchi xo‘jalik binolarida tintuv o‘tkazilgan.

Tintuv jarayonida jinoyatga aloqador bo‘lgan noqonuniy ashyo va buyumlar aniqlanmagan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu protsessual harakat xolislar ishtirokida, mutaxassis tomonidan to‘liq videotasvirga olingan holda amalga oshirilgan.

Shuningdek, xonadon egalarining IIB xodimlari harakatlaridan noroziligi yuzasidan murojaatlari bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv natijasida xodimlar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlanmagan.

Teglar

Mavzuga oid