add

Samarqandda qo‘lbola pirotexnika tayyorlagan o‘smirlar ushlandi

Bugun 15:152492 daqiqa

Ular qo‘lbola pirotexnika vositalarini tayyorlab, sotish bilan shug‘ullangan.

Samarqandda qo‘lbola pirotexnika tayyorlagan o‘smirlar ushlandi

Samarqand viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida qo‘lbola usulda tayyorlangan pirotexnika vositalarini yasash va noqonuniy sotish bilan shug‘ullangan o‘smirlar aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, 2008 yilda tug‘ilgan shaxs xaridorga 10 dona qo‘lbola pirotexnika vositasini 250 ming so‘mga, shuningdek, yarim litrlik yelim idishi asosida tayyorlangan bir dona pirotexnika vositasini 600 ming so‘mga sotish vaqtida qo‘lga olingan. Ushbu holat tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Tezkor tadbirlar davomida o‘smirning yashash manzili ko‘zdan kechirilib, u yerdan yelim idish qopqoqlaridan yasalgan 22 dona hamda yelim tasmaga o‘ralgan 6 dona, jami 28 ta qo‘lbola pirotexnika vositasi aniqlangan. Shuningdek, 200 gramm oltingugurt moddasi ham daliliy ashyo sifatida musodara qilingan.

So‘roq davomida ushbu fuqaro 2009 yilda tug‘ilgan tanishi ham pirotexnika vositalarini tayyorlash bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgan. Uning uyi tekshirilganda, 17 dona qo‘lbola yasalgan taqiqlangan vositalar hamda kelgusida ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan turli moslamalar borligi aniqlanib, rasmiy tarzda olingan.

Yana bir holatda esa Samarqand shahrida yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan o‘smir ikki nafar tanishiga 5 dona qo‘lbola pirotexnika vositasini sotish vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Shu bilan birga, uning tanishiga tegishli novvoyxonadan 31 dona shunday vosita hamda ularni tayyorlashda qo‘llanilgan modda va buyumlar topilgan. Hozirda barcha holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda yil boshidan beri 7 milliondan ortiq pirotexnika musodara qilingan.

Teglar

Mavzuga oid

Samarqandda qo‘lbola pirotexnika tayyorlagan o‘smirlar ushlandi | Vaqt.uz