Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindoriga ikki xonali uy topshirildi
10.03.2026 | 09:381 daqiqa
Latofat Amirovaga uy kalitini viloyat hokimi Adiz Boboyev topshirdi.

O‘zbekiston Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi iqtidorli shoira Latofat Amirova Zulfiya mukofoti sovrindori bo‘lgandi.

Yosh ijodkorning iste’dodi va ijodiy yutuqlari yuksak e’tirof etilib, Prezident topshirig‘iga asosan ungal Samarqand shahrining Qorasuv massividan ikki xonali, barcha sharoitlarga ega, mebellar bilan jihozlangan uy topshirildi.

Uy kalitini topshirish marosimida viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etdi.





