add

Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi o‘tkazildi

Bugun 17:302642 daqiqa

Mazkur uchrashuvda MDH yetakchilari yil yakunlari va kelgusi hamkorlik ustuvorliklarini muhokama qildi.

Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi o‘tkazildi

22-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Tadbir Sankt-Peterburgdagi «Ermitaj» davlat muzeyida o‘tkazildi.

Uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashdilar.

Norasmiy uchrashuv davomida MDH doirasida joriy yilda amalga oshirilgan hamkorlik natijalari sarhisob qilindi. Shu bilan birga, 2026 yil uchun o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Mintaqaviy barqarorlik va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Davlat rahbarlari o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, savdo-sotiq uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish muhimligini ta’kidladilar. Shuningdek, transport-logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish, investitsiya aloqalarini kengaytirish va qo‘shma kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Energetika va raqamlashtirish sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish, fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida qo‘shma dasturlarni kengaytirish zarurligi qayd etildi. Hududlar o‘rtasida uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirish MDH makonida barqaror iqtisodiy o‘sish uchun muhim omil sifatida baholandi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar aloqalarni davom ettirish, ayniqsa, yoshlarning ijodiy, innovatsion va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Teglar

Mavzuga oid